Jahon

Buyuk Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha virtual sammitga mezbonlik qiladi

Mazkur yig‘ilishda Qo‘shma Shtatlar ishtirok etmaydi.

Buyuk Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha virtual sammitga mezbonlik qiladi

Buyuk Britaniya payshanba kuni taxminan 30 mamlakatni Yaqin Sharqdagi muhim Ho‘rmuz bo‘g‘ozi savdo yo‘lini qayta ochish rejasini muhokama qilish uchun virtual sammitga taklif qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, sammitda bo‘g‘oz orqali xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun diplomatik va siyosiy choralar ko‘rilishi muhokama qilinadi. Shu bilan birga, AQSh ushbu yig‘ilishga ishtirok etmaydi.

 

Eron AQSh va Isroilning unga qarshi olib borayotgan harbiy harakatlariga javoban bo‘g‘ozdagi bir qancha kemalarga hujum qilgan. Bu esa energetika eksportini jiddiy izdan chiqargan va yonilg‘i narxlarining keskin oshishiga olib kelgan.

 

AQSh Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni boshqa davlatlarga “kechikkan jasoratni to‘plab”, yo‘lni qayta ochishini, o‘zlari uchun o‘zlari neft “topishini” aytgandi.

 

Xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Yevette Kuper virtual uchrashuvning raisi bo‘ladi. Sammitda mart oyida tijorat kemalariga Eron tomonidan hujumlarni to‘xtatishni talab qilgan birgalik bayonotini imzolagan hukumatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu bayonotni Fors ko‘rfazi mamlakatlari, shuningdek Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya va boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatlagan.

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer yo‘lni qayta ochish bo‘yicha “mavjud barcha diplomatik imkoniyatlarni o‘rganayotganini” aytgan. U shuningdek, Britaniya urush to‘xtagach bo‘g‘ozni ochiq va xavfsiz qilish bo‘yicha choralarni ko‘rib chiqishini bildirgan.

 

Dunyo bo‘yicha neft va gazning taxminan beshdan biri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. So‘nggi haftalarda Brent markali neftning bir barreli 100 dollardan oshgan.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Buyuk Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha virtual sammitga mezbonlik qiladi | Zamon.uz