O'zbekiston

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazildi

Tibbiyot xodimlari uchun haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi.

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazildi

O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari ish vaqti rejimi 1-apreldan 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Bu haqda prezidentning 2025-yil 9-noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. 

 

Ma’lum qilinishicha, yangi rejimda shifoxonalar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlangan.

 

1-apreldan qo‘llaniladigan asosiy qoidalar:

 

• tibbiyot xodimlari uchun haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi;

 

• zararli va xavfli shartlarda ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi;

 

• yuqori ruhiy va aqliy zo‘riqishli ishlar ham 36 soatdan oshmaydi;

 

• tibbiyot xodimi bo‘lmaganlar uchun ish vaqti 40 soatni tashkil etadi.

 

Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida ish vaqti:

 

• dushanba–juma: 08:00–20:00;

 

• shanba: 08:00–14:00 (navbatchilik asosida).

 

Sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan hududlarda:

 

• asosiy ish vaqti: 08:00–16:00;

 

• qo‘shimcha navbatchilik: 16:00–20:00.

 

Navbatchilik Sog‘liqni saqlash vazirligining 254-son buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Bunda ish haqi saqlanib, kamaytirilmaydi. Ichki hujjatlar va mehnat shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazildi | Zamon.uz