O'zbekiston

Endi jarima avtomobil egasiga emas, qoidabuzar haydovchiga rasmiylashtiriladi

my.gov.uz portalida jarimalarni boshqa haydovchiga rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi.

Endi jarima avtomobil egasiga emas, qoidabuzar haydovchiga rasmiylashtiriladi

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali transport vositasini boshqarish huquqini boshqa shaxsga rasmiy tarzda topshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda portal axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Yangi xizmatga ko‘ra, agar avtomobil ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik asosida boshqa shaxs tomonidan boshqarilayotgan bo‘lsa va u yo‘l harakati qoidalarini buzsa, jarima transport vositasi egasiga emas, balki qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchining nomiga rasmiylashtiriladi.

 

Buning uchun avtomobil egasi my.gov.uz portalidagi “Sinov tartibida” bo‘limi orqali ariza yuborishi kerak. Arizada transport vositasining davlat raqami, boshqarish muddati hamda haydovchining JShShIR va pasport ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Agar bosh ishonchnoma mavjud bo‘lsa, u ham arizaga ilova qilinadi.

 

Shundan so‘ng haydovchi portalidagi “Xabarnomalar” bo‘limi orqali arizani elektron raqamli imzo, Mobile-ID yoki Face-ID yordamida tasdiqlashi lozim.

 

Mazkur xizmat pulli bo‘lib, uning qiymati BHMning 0,9 foizini tashkil etadi. 10 foizlik chegirma hisobga olingan holda xizmat narxi 37 080 so‘m etib belgilangan. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun esa 50 foizlik chegirma amal qiladi.

 

Arizalar jismoniy shaxslar uchun avtomatik tarzda ko‘rib chiqiladi (bosh ishonchnoma mavjud bo‘lsa — 5 kun ichida), yuridik shaxslar uchun esa 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

 

Shuningdek, yangi tartibga muvofiq, davlat organlari hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun jarimani rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi jarima avtomobil egasiga emas, qoidabuzar haydovchiga rasmiylashtiriladi | Zamon.uz