Jahon

Eron AQSh va Isroil taslim bo‘lmaguncha urushni davom ettirishini ma’lum qildi

Tehron harbiy kampaniya belgilangan maqsadlarga erishilgunga qadar to‘xtatilmasligini bildirdi.

Eron AQSh va Isroil taslim bo‘lmaguncha urushni davom ettirishini ma’lum qildi

 

Eron Qurolli Kuchlari “Xatam al-Anbiya” markaziy qo‘mondonligi vakili Ibrohim Zulfag‘ariy mamlakat AQSh va Isroil taslim bo‘lishini e’lon qilmaguncha harbiy harakatlarni davom ettirishini bildirib o‘tdi. Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar berdi.

 

Uning ta’kidlashicha, harbiy kampaniya belgilangan strategik maqsadlarga erishilgunga qadar davom etadi. Mazkur bayonot mintaqada keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda yangradi.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hududiga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, operatsiya yaqin haftalarda amalga oshirilishi mumkin.

 

Ma’lumot o'rnida, harbiy harakatlar fevral oyining oxirida AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi bilan boshlangan. Bunga javoban Tehron Isroil hududi, AQSh harbiy inshootlari hamda Yaqin Sharqdagi energetika infratuzilmasiga raketa va dron zarbalari bergan.

 

Shuningdek, Eron global neft tashishining muhim yo‘llaridan biri hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozini yopganini e’lon qilgan.

 

Vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda Rossiya rasmiylari mojaroni tezroq to‘xtatish zarurligini ta’kidlab chiqdi. Avvalroq esa Birlashgan Arab Amirliklaridagi AQSh harbiy obyektlariga ham zarbalar berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eron AQSh va Isroil taslim bo‘lmaguncha urushni davom ettirishini ma’lum qildi | Zamon.uz