Jahon

Eron mojaroni tugatish uchun vositachilar orqali shartlarini taqdim etdi

Bir qator davlatlar vositachilik qilayotgan bo‘lsa-da, hozircha muzokaralarda ijobiy natija kuzatilmagan.

Eron mojaroni tugatish uchun vositachilar orqali shartlarini taqdim etdi

 

Eron AQSh va Isroil bilan yuzaga kelgan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun o‘z shartlarini vositachilar orqali yetkazdi. Bu haqda Eronning Qohiradagi elchisi Mojtaba Ferdovsipur RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Diplomatning ta’kidlashicha, Tehron urushni tugatish uchun bir qator talablarni ilgari surgan. Unga ko‘ra, Eron kompensatsiya to‘lanishi, barcha sanksiyalarning bekor qilinishi hamda mamlakatga nisbatan tajovuz qayta takrorlanmasligi bo‘yicha aniq kafolatlar berilishini talab qilmoqda.

 

Shu bilan birga, elchi hozircha vositachilar tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar aniq natija bermaganini qayd etgan. Turkiya, Pokiston, Misr va Saudiya Arabistoni mintaqada tinchlik o‘rnatishga urinish qilayotgan bo‘lsa-da, tomonlar hozircha umumiy kelishuvga erisha olmagan.

 

Reuters agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Tel-Aviv va Vashington Pokiston tomonidan ilgari surilgan vaqtinchalik sulh taklifiga ham javob bermagan.

 

Bundan avval Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jaloliy Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Georgiy Borisenko bilan uchrashuvda Moskvaning mojaroni hal etish borasidagi sa’y-harakatlari hamda Islom Respublikasiga ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

 

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan. Biroq Eron Tashqi ishlar vazirligi bunday aloqalarni rad etib, Tehronga faqat vositachilar orqali “qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar” yetkazilayotganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron mojaroni tugatish uchun vositachilar orqali shartlarini taqdim etdi | Zamon.uz