Jahon

Eronda AQSh va Isroil zarbalari natijasida dunyodagi eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri vayron bo‘ldi

Ushbu inshoot mamlakatdagi yirik infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lib, muhandislik nuqtai nazaridan murakkab konstruksiya sifatida baholangan.

Eronda AQSh va Isroil zarbalari natijasida dunyodagi eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri vayron bo‘ldi

 

AQSh va Isroil tomonidan Eron hududiga uyushtirilgan havo zarbalari oqibatida mamlakatdagi eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri hisoblangan “B1” ko‘prigi vayron bo‘ldi. Bu haqda Alborz viloyati rasmiylariga tayanib Tasnim xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba Karaj shahrida joylashgan ko‘prikka berilgan. Ushbu inshoot mamlakatdagi yirik infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lib, muhandislik nuqtai nazaridan murakkab konstruksiya sifatida baholangan.

 

Viloyat ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, hujum oqibatida ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Rasmiylar aholini voqea sodir bo‘lgan hududdan uzoqroq turishga va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.

 

Mahalliy manbalarning bildirishicha, zarbalar ikki bosqichda amalga oshirilgan. Ikkinchi hujum qutqaruv xizmatlari birinchi zarba oqibatlarini bartaraf etish bilan band bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hududiga nisbatan kuchli zarbalar berilishi mumkinligi haqida bayonot qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronda AQSh va Isroil zarbalari natijasida dunyodagi eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri vayron bo‘ldi | Zamon.uz