Jahon

Fransiya Prezidenti Trampning tanqidlariga javob berdi

Makron AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlashdan oldin Fransiya bilan kelishmaganini aytdi.

Fransiya Prezidenti Trampning tanqidlariga javob berdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh rahbari Donald Trampning Parijning Yaqin Sharqdagi harakatlarni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamayotgani haqidagi tanqidlariga munosabat bildirdi.

 

Avvalroq Tramp Fransiya Isroilga yo‘naltirilgan harbiy texnika ortilganErongaolyotlarning o‘z hududi orqali uchishiga ruxsat bermaganidan norozi bo‘lgan edi.

 

Makron esa AQSh Eron qarshi harbiy operatsiyalarni boshlashdan oldin Fransiya bilan maslahatlashmaganini ta’kidlab, mamlakat ushbu harakatlarda ishtirok etmayotganini ma'lum qildi.

 

“Fransiya ushbu operatsiya ishtirokchisi emas va u bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilmagan. Shu sababli unda qatnashmasligi tabiiy holat. Bu boshidan shunday bo‘lgan”, — dedi u Tokiodagi tashrifi davomida.

 

Fransiya rahbari mojaro tomonlarini keskinlikni kamaytirish va muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etgan bombardimonlardan keyin aniq siyosiy yechim taklif qilinmasligi mintaqa barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, Makron Fransiya va Yaponiya boshqa davlatlar bilan birgalikda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz tranzitni ta’minlashda muayyan rol o‘ynashi mumkinligini qayd etdi. U bunda harbiy choralar nazarda tutilmayotganini alohida ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.