Jahon

Indoneziyada 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzildi.

Indoneziyada 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Payshanba kuni Indoneziyaning Shimoliy Maluku dengizida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters rasmiylarga tayanib xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, binolarga zarar yetdi va sunami to‘lqinlari qayd etildi. Shu bilan birga, keyinchalik sunami bo‘yicha ogohlantiruvlar bekor qilindi.

 

Indoneziyaning BMKG meteorologiya agentligi beshta hududda sunami to‘lqinlari kuzatilganini bildirdi. Eng baland to‘lqin Shimoliy Sulavesidagi Minahasa hududida 0,75 metrga yetgan. Shuningdek, qariyb 50 ta aftershok qayd etilib, ulardan eng kuchlisi 5,8 magnitudada bo‘lgan.

 

Agentlik rahbari Teuku Fayaal Fathani dastlab 0,5 metrdan 3 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar yuzaga kelishi mumkinligini bildirgan, biroq keyinchalik ogohlantirish bekor qilingan. AQShning sunami kuzatuv xizmatlari ham Indoneziya, Filippin va Malayziya qirg‘oqlarida xavf ehtimoli borligini ma’lum qilgan, ammo keyinchalik bu tahdidni rad etgan.

 

Shimoliy Sulavesi polisiya boshlig‘i o‘rinbosari Avi Setiyononing aytishicha, Manado shahrida sport idorasiga qarashli bino qisman qulab tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

 

Indoneziya milliy tabiiy ofatlar agentligi fuqarolarni hushyorlikka chaqirdi. Bayonotda aftershoklar ehtimoli saqlanib qolayotgani sabab ehtiyot choralariga rioya qilish zarurligi ta’kidlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta uy va cherkovlarga yengil va o‘rtacha darajada zarar yetgan.

 

US Geological Survey ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Filippin qirg‘oqlaridan taxminan 580 km, Malayziyaning Sabah shtatidan esa 1000 km uzoqlikda, 35 km chuqurlikda joylashgan. So‘nggi 50 yil ichida ushbu hudud yaqinida 7 magnitudadan yuqori yana to‘qqizta zilzila kuzatilgan, biroq ular katta talafotlarga olib kelmagan.

 

Mutaxassislar epitsentr aholi zich joylashgan hududlarga nisbatan yaqin bo‘lsa-da, qo‘shimcha qurbonlar ehtimoli pastligini va iqtisodiy zarar ko‘p bo‘lmasligini taxmin qilmoqda.

 

Agentlik vakili Abdul Muhari aholiga shikast yetgan binolardan uzoqroq turishni tavsiya qildi. Guvohlarning aytishicha, odamlar vahima ichida uylarini tark etgan, ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Indoneziyada 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi | Zamon.uz