Jahon

Neft narxlari keskin oshdi

Tramp Eronga qarshi hujumlar kuchaytirilishini aytganidan so‘ng Brent markali neft narxi 7,6 foizga oshdi.

Neft narxlari keskin oshdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bo‘yicha harbiy hujumlar davom etishini ma’lum qilganidan so‘ng, jahonda neft narxlari keskin oshdi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

 

Payshanba kuni savdolarda Brent markali neft fyucherslari 7,65 dollarga, ya’ni 7,6 foizga qimmatlab, bir barrel uchun 108,81 dollarga yetdi. West Texas Intermediate (WTI) nefti esa 7,06 dollarga, ya’ni 7,1 foizga oshib, 107,18 dollarni tashkil etdi.

 

Har ikki etalon ko‘rsatkich ham so‘nggi uch hafta ichidagi eng katta kunlik o‘sishni qayd etmoqda. Shunga qaramay, narxlar mojaroning avvalgi bosqichida kuzatilgan 119 dollardan yuqori darajalardan pastligicha qolmoqda.

 

Narxlarning keskin ko‘tarilishi Trampning xalqiga yo‘llagan nutqidan keyin yuz berdi. U yaqin haftalarda Eron bo‘yicha harbiy bosim kuchaytirilishini bildirib, aniq diplomatik tashabbuslar haqida ma’lumot bermadi.

 

Bozor tahlilchilari bu holatni keskinlikning davom etishi va ta’minot zanjirlarida uzilishlar ehtimoli bilan izohlamoqda. Xususan, Phillip Nova kompaniyasi tahlilchisi Priyanka Sachdeva nutqda otashkesim yoki muzokaralar bo‘yicha aniq signal bo‘lmaganini ta’kidladi.

 

Xususan, mojaro fonida dengiz transporti xavfsizligiga tahdidlar ham ortmoqda. Qatar Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, QatarEnergy tomonidan ijaraga olingan neft tankeri Qatar suvlarida Eron raketasi zarbasiga uchragan.

 

Ayrim bozor ishtirokchilari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududidagi portlardan foydalanish cheklangani sabab Yaqin Sharq neftiga oid ayrim savdolarni to‘xtatganini bildirgan. Mazkur yo‘lak orqali global neft ta’minotining 20 foizi o‘tadi.

 

Xalqaro energiya agentligi esa ta’minotdagi uzilishlar aprel oyidan boshlab Yevropa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Rystad tahlil kompaniyasiga ko‘ra, bozorlar uchun keyingi asosiy omil Eron va xalqaro hamjamiyatning javobi bo‘ladi. Hozircha Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq choralar kuzatilmayapti.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.