O'zbekiston

“Neftgazmontaj” faoliyati tanqid qilinib, mas’ullar lavozimidan ozod etildi

Ishchilarga noyabr oyidan buyon ish haqi to‘lanmagani ma’lum qilindi.

“Neftgazmontaj” faoliyati tanqid qilinib, mas’ullar lavozimidan ozod etildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida bugun Jamiyat tarkibidagi “Neftgazmontaj” MCHJ faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda korxonada ish jarayonlari hanuz eskicha tizimda, raqamlashtirilmagan holatda olib borilayotgani keskin tanqid qilindi. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari joriy etilmagani korxonada nafaqat samaradorlikni pasaytirgan, balki moliyaviy tartib-intizomga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlandi.

 

“Raqamlar esa holat qanchalik jiddiy ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda. Qurilish ishlari 21,4 foizga qisqargan, bir vaqtning o‘zida omborlarda moddiy texnik resurslar (MTR) zaxiralari asossiz ravishda 129 foizga oshib ketgan. Eng tashvishlisi — ishchilarga noyabr oyidan buyon ish haqi to‘lanmay kelinmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Xabarga ko‘ra, oxirgi yillarda Jamiyat salohiyatidan to‘liq foydalanmaslik oqibatida ish hajmlari sezilarli darajada pasayib ketgan, yuqori malakali kadrlar qo‘nimsizligi oshib ketgan, buyurtma hajmlari bilan ishlashda tashabbuskorlik ko‘rsatilmagan.

 

Korxona aktivlari deyarli samarasiz holatga kelib qolgan. 562 ta texnikaning yarmidan ko‘pi ishlamaydi: 128 tasi yaroqsiz, 218 tasi nosoz. Ularning yillar davomida ta’mirlanmagani oqibatida texnik park deyarli izdan chiqqan. GPS nazorat tizimi yo‘qligi sabab transport vositalari ustidan nazorat zaiflashgan. Shu bilan birga, foydalanilmayotgan obyektlar uchun har yili ortiqcha mablag‘ sarflanishi keskin tanqid qilindi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda Boshqaruv raisi tomonidan vaziyatni tubdan yaxshilash, Jamiyatni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Raqamli hujjat aylanishi va g‘aznachilik tizimlarini zudlik bilan joriy etish, “Davlat xaridlari” talablariga qat’iy rioya etish, buxgalteriya faoliyatini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, xaridlar tizimini shaffoflashtirish vazifalari belgilab berildi.

 

Samarasiz aktivlar — yaroqsiz texnikalar va foydalanilmayotgan obyektlarni auksionga chiqarilishi, nosoz texnikalar esa qisqa muddatda ta’mirlanishi shartligi alohida aytib o‘tildi.

 

Bundan tashqari,  jamiyatda qarindosh-urug‘chilik holatlarining urchib ketganiga e’tibor qaratildi. Ayrim rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan yaqin qarindoshlarni ishga jalb qilish holatlari tizimli muammoga aylangan. Bu esa kadrlar siyosatida adolat tamoyillarini buzib, samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

Shu munosabat bilan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan va moliyaviy kamchiliklarni oldini olmagan komplayens inspektori, direktorning iqtisod va qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topildi. Korxona direktori esa lavozimidan olinib, unga 3 oylik sinov muddati berildi. Shuningdek, ishchilar oldidagi qarzdorlikni bir hafta ichida to‘lash bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Boshqaruv raisi korxonani tubdan o‘zgartirish vazifasini qo‘ydi. “Neftgazmontaj”ni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlab, yirik pudratchi kompaniyaga aylantirish, ish hajmlarini 10 barobarga oshirish va shunga yarasha ishchilar sonini muvofiqlashtirish, ularning oylik maoshlarini oshirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.