O'zbekiston

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35 va #Uzb35 xeshteglari ostida targ‘ibot aksiyalari boshlanadi.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Qarorda ta’kidlanishicha, milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har bir mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy taraqqiyotini ta’minlaydigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Mustaqillik xalqning tinch va farovon hayotini ta’minlash, uning manfaatlarini himoya qilish hamda davlatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Prezident qarorida qayd etilishicha, O‘zbekistonning milliy mustaqilligi mard va matonatli xalqimizning qat’iy irodasi, istiqlol yo‘lida kurashgan ajdodlarimiz orzu-intilishlarining ro‘yobi sifatida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadr-qimmatini ulug‘lash, jamiyatda totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrash, mamlakat tinchligi va barqarorligini ta’minlash hamda davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etilgan.

 

Shu munosabat bilan mustaqillikning 35 yilligi yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanadi.

 

Qarorga muvofiq, bayram tadbirlarini tashkil etish uchun Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida respublika komissiyasi tuzildi. Komissiya mustaqillik sanasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda barcha tuman va mahallalarda munosib nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi.

 

Belgilanishicha, mamlakat bo‘ylab mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib qilish, iqtisodiy rivojlanish natijalarini yoritish, mudofaa salohiyatini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarning bilim va kasb egallashiga yaratilayotgan imkoniyatlarni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Shuningdek, aprel–sentabr oylarida respublika bo‘ylab “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijtimoiy loyihalar va madaniy dasturlar tashkil etiladi. Ushbu tadbirlarda ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari, sportchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

 

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan asosiy bayram dasturini tayyorlashda taniqli ssenarist va rejissyorlar, shoir va yozuvchilar, xonanda va bastakorlar, sahna rassomlari hamda iste’dodli yosh ijrochilar jalb qilinadi.

 

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar milliy mustaqillik va suverenitet g‘oyalarini ifodalovchi “Vatan fidoyilari” ramziy monumenti loyihasi ishlab chiqiladi. Mazkur monument kelgusi yillarda barpo etiladigan umummilliy birdamlik bog‘larida o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-avgustga qadar mamlakatimiz taraqqiyoti va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijalariga bag‘ishlangan “Mustaqillik zafarnomasi” nomli maxsus kitob-albom tayyorlanadi.

 

Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35 va #Uzb35 xeshteglari ostida targ‘ibot aksiyalarini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, telekanallarda “35 yillik Istiqlol yilnomasi” turkum hujjatli filmlar va ko‘rsatuvlar namoyish etiladi.

 

Shu bilan birga, 2026-yil avgust oyida Toshkent shahrida “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

 

Bayram munosabati bilan Markaziy bank tomonidan “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik oltin tangasi zarb etilishi ham rejalashtirilgan.

 

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi | Zamon.uz