O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi mobil qurilmalarni IMEI ro‘yxatidan o‘tkazmasdan sotayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi

Fuqarolardan mobil qurilmalar IMEI kodlari tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan sotilayotgani haqida murojaatlar kelib tushgan.

Raqobat qo‘mitasi mobil qurilmalarni IMEI ro‘yxatidan o‘tkazmasdan sotayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi mobil qurilmalarning IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tmagan holda sotilishi va xariddan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tkazish zarurati tug‘ilayotgani munosabati bilan ogohlantirish berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur masala bo‘yicha iste’molchilar tomonidan Raqobat qo‘mitasi va qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga 2025-yil davomida 147 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 55 tasi ijobiy hal qilingan, 89 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Qolgan 3 tasi tegishliligi bo‘yicha vakolatli organlarga yuborilgan.

 

 O‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.

Bundan tashqari mazkur qonuning 11-moddasida ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shartligi belgilangan.

 

Vazirlar Mahkamasining 778-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbirkorlik subyektlari javobgar hisoblanadi. Barcha IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi zimmasiga yuklanadi.

 

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonuniga ko‘ra, iste’molchi tovarni erkin tanlash va sifatini talab qilish huquqiga ega, sotuvchi esa qo‘shimcha xizmatlarni majburan yuklay olmaydi. 

 

Shuningdek, chakana savdoda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurilmani taqdim etish mas’uliyati ham sotuvchi zimmasida bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Raqobat qo‘mitasi mobil qurilmalarni IMEI ro‘yxatidan o‘tkazmasdan sotayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi | Zamon.uz