Jahon

Tramp Eronni tosh asriga qaytarishga va’da berdi

AQSh yetakchisi kelgusi ikki-uch hafta ichida Eronga kuchli zarbalar berilishini ma’lum qildi.

Tramp Eronni tosh asriga qaytarishga va’da berdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti xalqqa murojaatida AQSh harbiylari Islom Respublikasi bilan urushda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni deyarli to‘liq bajarganini va bu urush tez orada yakunlanishini aytdi.

 

“Biz bu uchun hamma ishni qildik. Ularning floti yo‘q qilindi. Harbiy-havo kuchlari yakson etildi. Ularning raketalari deyarli tugadi, ishdan chiqarildi. Bularning barchasi Eron armiyasining kuchini susaytiradi, ularni terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan mahrum qiladi hamda yadroviy bomba yaratish salohiyatini yo‘qqa chiqaradi”, — dedi Tramp.

 

“Kelgusi ikki-uch hafta ichida ularga nihoyatda kuchli zarbalar beramiz. Biz ularni aynan o‘zlariga munosib bo‘lgan tosh asriga qaytaramiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Oq uy rahbari, shuningdek, Erondа rejim almashinuvi AQShning maqsadi bo‘lmaganini ta’kidladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Tramp Eronni tosh asriga qaytarishga va’da berdi | Zamon.uz