Jahon

AQSh–Isroil va Eron urushi davom etmoqda: qurbonlar soni ortmoqda

Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaro oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ma’lum qilindi.

AQSh–Isroil va Eron urushi davom etmoqda: qurbonlar soni ortmoqda

AQSh-Isroil va Eron urushi oqibatida Eronda 1 937 kishi halok bo‘lgan, Isroilda kamida 24 kishi, AQSh harbiylaridan 13 nafar, Fors ko‘rfazi davlatlarida esa 27 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

 

AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi 28-fevral kuni boshlangan harbiy amaliyotlar 34-kun davom etmoqda. Mojaro kengayib, Yaqin Sharqning bir qator davlatlarini qamrab olgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 1 937 kishi halok bo‘lgan, 24 800 dan ortiq kishi yaralangan. Qurbonlar orasida 240 nafar ayol va 212 nafar bola bor, ular orasidagi eng kichik qurbon — 8 oylik chaqaloq, eng kattasi esa 88 yoshli kishi.

 

Isroilda kamida 24 kishi halok bo‘lgan, 6 239 kishi jarohatlangan. Dimona va Arad hududlariga berilgan hujumlarda kamida 180 kishi jarohat olgan. Livan janubida olib borilgan quruqlik amaliyotlari davomida 10 nafar Isroil askari halok bo‘lgan.

 

AQSh harbiylari orasida 13 kishi halok bo‘lgan, 200 kishi yaralangan. Shu jumladan 13-mart kuni Iroq g‘arbidagi yoqilg‘i quyish samolyoti halokati natijasida barcha 6 ekipaj a’zosi vafot etgan.

 

Fors ko‘rfazi davlatlaridagi hujumlar oqibatida:

 

• Bahrayn: 3 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab jarohatlangan;

 

• Iroq: kamida 108 kishi halok bo‘lgan;

 

• Iordaniya: halok bo‘lganlar yo‘q, 29 kishi yaralangan;

 

• Kuvayt: 7 kishi halok bo‘lgan;

 

• BAA: 12 kishi halok bo‘lgan, 190 kishi yaralangan;

 

• Ummon: 3 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan;

 

• Qatar: halok bo‘lganlar yo‘q, 16 kishi jarohatlangan;

 

• Saudiya Arabistoni: 2 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi yaralangan;


• Livan: 1 318 kishi halok bo‘lgan, 3 935 kishi yaralangan;

 

Shuningdek, Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 1 milliondan ortiq kishi ko‘chirilgan. Qurbonlar orasida kamida 125 nafar bola bor.

 

 

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.