AQShning yana bir F-35 samolyoti urib tushirilgani ma’lum qilindi
Uchuvchi kuchli portlash tufayli samolyotni tashlab chiqa olmagan.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Eron havo hududida AQShga tegishli F-35 qiruvchi samolyoti yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
“Hotam al-Anbiya” markaziy harbiy qo‘mondonligi shtabiga ko‘ra, samolyot havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan nishonga olingan.
Shuningdek, uchuvchi kuchli portlash tufayli samolyotni tashlab chiqa olmagani aytilmoqda.
Shtab bu harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Eron kuchlari tomonidan urib tushirilgan AQShga tegishli ikkinchi F-35 samolyoti hisoblanishini bildirgan.
Avvalroq, 19-mart kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh harbiy samolyotiga hujum qilinganini xabar qilgan edi. O‘shanda korpus F-35 “jiddiy zarar ko‘rganini” aytgan, uchuvchi favqulodda qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinchalik Pentagon ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.








