O'zbekiston

Farg‘onalik ota farzandiga 1 mlrddan ortiq aliment to‘ladi

Shu tariqa bolaning 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan moddiy taʼminoti to‘liq qoplanib, ijro ishi tamomlangan.

Farg‘onalik ota farzandiga 1 mlrddan ortiq aliment to‘ladi

Farg‘onalik fuqaro farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 milliarddan ko‘proq aliment pul mablag‘ini birdaniga to‘lab berdi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning tegishli ijro varaqasiga asosan qarzdor M.X. dan undiruvchi K.N. foydasiga 1 nafar farzandi voyaga yetguniga qadar barcha daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

 

Ushbu ijro varaqa joriy yilning 11 mart kuni Byuroning tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan hamda shu kunning o‘zida taraflarga bu haqida xabarnomalar yuborilgan.

 

Ijro harakatlari davomida ijro ishiga masʼul bo‘lgan davlat ijrochisi tomonidan taraflarga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, profilaktik suhbat davomida qarzdor va undiruvchi o‘zaro qonuniy nikohdan o‘tmasdan sharʼiy nikoh asosida bir muddat birga istiqomat qilishgan hamda o‘zaro kelishmovchiliklar natijasida undiruvchi aliment olish bo‘yicha qarzdorni sudga bergan.

 

Ushbu sud qaroridan qarzdorning ota-onasi xabar topishgan hamda farzandlarining huquq va majburiyatlarini to‘liq anglagan xolda voyaga yetmagan farzand o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 milliard 24 million so‘m pul mablag‘ini birdaniga to‘lash istagini bildirishgan.

 

Joriy yilning 29 mart kuni 1 milliard 24 million so‘m aliment pul mablag‘lari to‘liq undiruvchiga topshirilgan hamda ijro hujjati amalda tamomlangan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.