Jahon

Fors ko‘rfazidagi kemalarga hujum qilinishi oqibatida 10 nafar dengizchi halok bo‘lgan — IMO

Ho‘rmuz bog‘ozida harakat cheklangani tufayli 20 mingdan ortiq dengizchi kemalarda qolib ketgan.

Fors ko‘rfazidagi kemalarga hujum qilinishi oqibatida 10 nafar dengizchi halok bo‘lgan — IMO

Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatining keskin cheklanishi fonida Fors ko‘rfazida minglab dengizchilar og‘ir sharoitda qolmoqda. Bu haqda Xalqaro dengiz tashkilotiga (IMO) tayanib, BBC ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hozirda Eron va Ummon o‘rtasidagi tor suv yo‘lagidan o‘tishni kutayotgan qariyb 2000 ta kemada 20 mingdan ortiq dengizchi qolib ketgan. Ular Fors ko‘rfazi davlatlari yaqinidagi suvlarda langar tashlab turibdi.

 

Mojaro boshlanganidan buyon hududda tijorat kemalariga nisbatan 21 ta hujum qayd etilgan. IMO ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujumlar oqibatida 10 nafar dengizchi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi og‘ir jarohat olgan. Tashkilot ekipajlar oziq-ovqat va zarur ta’minotlar tanqisligi, charchoq hamda kuchli ruhiy bosim bilan yuzlashayotganini bildirgan.

 

Xalqaro dengiz tashkiloti bosh kotibi Arsenio Dominges mavjud vaziyatga nisbatan parchalangan yondashuvlar yetarli emasligini ta’kidlab, dengizchilarni evakuatsiya qilish va zarur yordamni yetkazish uchun gumanitar yo‘laklar tashkil etish yuzasidan xalqaro hamjamiyatni diplomatik choralarni kuchaytirishga chaqirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Fors ko‘rfazidagi kemalarga hujum qilinishi oqibatida 10 nafar dengizchi halok bo‘lgan — IMO | Zamon.uz