O'zbekiston

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Muloqot davomida yosh mutaxassislarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda malaka oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ayni paytda yurtimiz aholisining qariyb 60 foizini, ya’ni 22 milliondan ortiq qismini yoshlar tashkil etadi.

 

                 

 

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatlar ta’lim sifatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, innovatsiya va axborot texnologiyalari sohalarini rivojlantirishni qamrab olgan.

 

Hozirgi kunda tizimda 10 397 nafar ishchi-xizmatchi yurtimiz aholisini uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Ulardan 8 287 nafari erkaklar, 2 110 nafari ayollar bo‘lib, 1 527 nafarini, ya’ni 14 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

 

                 

 

“Albatta, energetika sohasi mashaqqatli, biroq ayni paytda nihoyatda sharafli va mas’uliyatli sohadir. Shu bois, ushbu tarmoqda bilimli, tashabbuskor va intiluvchan yoshlarning ishtirokini yanada kengaytirishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganmiz. Zero, barqaror ishlab chiqarish jarayoni, avvalo, yuqori malakali va o‘z kasbiga sadoqatli kadrlarga tayanadi”, – dedi Boshqaruv raisi.

 

Bugungi kunda tizimda 33 nafar yosh mutaxassis rahbar lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.

 

Faqat o‘tgan yilning o‘zida tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan 3 040 nafar xodim respublikadagi turli o‘quv markazlarida malaka oshirdi. Shuningdek, 112 nafar xodim stansiyalar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborildi.

 

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bevosita rahbarga bildirdilar. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi | Zamon.uz