O'zbekiston

Markaziy bank onlayn kreditlarni rasmiylashtirishni chekladi

Shuningdek, nomiga firibgarlar onlayn kredit olgan fuqarolardan to‘lov undirish to‘xtatiladi.

Markaziy bank onlayn kreditlarni rasmiylashtirishni chekladi

22-apreldan fuqarolar bir sutka davomida faqat bitta kredit tashkilotida bitta onlayn kreditni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining qarorida belgilandi.

 

Mazkur choralar onlayn kredit (mikroqarz) ajratishda frod (axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik yoki oʻgʻrilik) holatlarining oldini olish uchun amalga oshirilmoqda.

 

Qarorga ko‘ra, onlayn kredit (mikroqarz) olish uchun ariza kelib tushgandan so‘ng kredit tashkiloti birinchi navbatda Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestridagi foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiradi.

 

Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrda mavjudligi aniqlansa, onlayn kredit rasmiylashtirish jarayoni to‘xtatiladi va foydalanuvchining telefon raqamiga arizaning rad etish sababi ko‘rsatilgan holda SMS-xabarnoma yuboriladi.

 

Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrda mavjudligi aniqlanmasa, onlayn kredit (mikroqarz) ajratish jarayoni davom ettiriladi.

 

Agar bitta JSHSHIR bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta kredit tashkilotlaridan mikroqarz olish uchun arizalar kelib tushsa, kredit byurosi ulardan faqat birinchisini ko‘rib chiqadi. Birinchi tashkilot mikroqarz berishni rad etsa, byuro ushbu JSHSHIR bo‘yicha keyingi arizaga o‘tadi.

 

Agar ushbu JSHSHIR bo‘yicha kredit ma’qullansa va rasmiylashtirilsa, u bo‘yicha boshqa arizalar rad etiladi. Bunda 24 soat davomida ushbu JSHSHIR bo‘yicha yangi so‘rovlar ko‘rib chiqilmaydi.

 

Kredit tashkilotlari onlayn kredit (mikroqarz) ajratish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng, pul mablag‘larini foydalanuvchiga o‘tkazib berishdan oldin foydalanuvchini masofaviy biometrik identifikatsiyadan o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq fuqaro nomiga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilgani aniqlansa, mazkur qarz bo‘yicha foizlar, neustoyka va jarimalarni hisoblash hamda undirish bekor qilinadi.

 

Bunday holatda jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Tergovga qadar tekshiruv yoki dastlabki tergov jarayonida kredit firibgarlik natijasida rasmiylashtirilgani tasdiqlansa, bu haqdagi qaror kredit tashkilotiga yuboriladi.

 

Shundan so‘ng kredit tashkiloti jabrlanuvchi deb topilgan shaxsga nisbatan kredit va unga bog‘liq barcha to‘lovlarni hisoblash hamda undirishni to‘xtatadi. Firibgarlik asosida rasmiylashtirilgan kredit bo‘yicha mablag‘lar oldindan undirilgan bo‘lsa, ular sud qarori asosida jabrlanuvchiga qaytariladi. To‘lovlar sud qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin 15 kun ichida amalga oshiriladi.

 

Kredit tashkilotlari esa yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan regress tartibida undirish uchun sud jarayonlarida fuqaroviy da’vogar sifatida ishtirok etadi. Tergov yoki sud qarori bilan firibgarlik holati tasdiqlanmasa, kredit tashkiloti kredit bo‘yicha to‘lovlarni undirishni davom ettiradi.

 

Qarorga asosan kredit va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda “Firibgarlik haqida xabar berish” bo‘limini joriy etishi shart bo'ladi. Shuningdek, foydalanuvchilarni shubhali operatsiyalar haqida SMS va PUSH xabarnomalar orqali tezkor ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bundan tashqari, yangi qurilmadan tizimga kirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki shubhali tranzaksiyalar aniqlanganda operatsiyalar vaqtincha to‘xtatiladi va qo‘shimcha tasdiqlash talab etiladi.

 

Moliyaviy tizimlarda kiberxavfsizlikni kuchaytirish hamda firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida zamonaviy antifrod tizimlarini joriy etish majburiy etib belgilandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Markaziy bank onlayn kreditlarni rasmiylashtirishni chekladi | Zamon.uz