O'zbekiston

Namanganda qariyb 3 ming dona noqonuniy olib kirilgan biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda qariyb 3 ming dona noqonuniy olib kirilgan biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi

Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Ichki ishlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda 1977-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida transport vositasi salonida xorijda ishlab chiqarilgan, biroq tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlangan.

 

Dastlabki surishtiruv davomida fuqaro va uning turmush o‘rtog‘i bergan ko‘rsatmalarga ko‘ra, ushbu mahsulotlar qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan bo‘lib, Andijon viloyati hududida ularning egasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida mazkur mahsulotlarni qabul qilib olayotgan vaqtida ularning asl egasi — Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Manas shahrida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan ayol hamda u bilan birga kelgan, Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi 1982-yilda tug‘ilgan shaxs ham qo‘lga olingan.

 

Aniqlanishicha, jami 2 957 dona flakondagi kapsula ko‘rinishidagi “Samyun Van”, “Cherniy tmin”, “Senna Mekkanskaya”, “Mumiye Altayskoye”, “Kist al-Xindi” nomli biologik faol qo‘shimchalarning umumiy qiymati 226 million 343 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda qariyb 3 ming dona noqonuniy olib kirilgan biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi | Zamon.uz