O'zbekiston

“O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezd chiptalari yetishmasligi bo‘yicha izoh berdi

Xizmat sifatini oshirish uchun qo‘shimcha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezd chiptalari yetishmasligi bo‘yicha izoh berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Afrosiyob tezyurar poyezdlari va boshqa yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olishdagi muammolar haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati chiptalar savdosi ochiq va amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishini ma’lum qildi. Chiptalarni rasmiy veb-saytlar, mobil ilovalar va temir yo‘l chipta kassalari orqali xarid qilish mumkin, savdolar esa sayohat sanasidan 60 kun oldin ochiladi.

 

Kompaniya bayram va dam olish kunlarida yo‘lovchilar oqimi sezilarli darajada oshishini, natijada ayrim yo‘nalishlarda chiptalar tez sotilib ketishini tushuntirdi. Shu bois, yo‘lovchilarga sayohatlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha poyezdlarni ishga tushirish va yangi shahar atrofi yo‘nalishlarini qo‘shish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezd chiptalari yetishmasligi bo‘yicha izoh berdi | Zamon.uz