O'zbekiston

O‘zbekistonda dorixonalar 8,5 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olgani aniqlandi

Ushbu mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qaytarildi.

O‘zbekistonda dorixonalar 8,5 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olgani aniqlandi

Dori vositalari narxlarini asossiz oshirish holatlarini aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lumot o‘rnida, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Qayd etilishicha, 2025-2026-yillarda Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlarga ketma-ketlikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

 

Murojaatlarni o‘rganish chog‘ida 991 ta dorixonada (152 ta ulgurji va 839 ta chakana) 414 305 ta holatda 8,5 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlangan. Ushbu mablag‘lar bo‘yicha iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.

 

Shuningdek, litsenziya talablarini buzish holatlari yuzasidan materiallar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan.

 

2025-2026-yillarda:

 

• "FARM EFFEKT" MCHJ; 

 

• "PHARMA BREND" MCHJ;

 

• "GIPOFIZ FARM" MCHJ;

 

• "MAXSUDBEK BIZNES" XQ;

 

• "THE GREAT FARM" MCHJ;

 

• "MEDEX GROUP PH" MCHJlarning litsenziyalari dori vositalari narxlarini oshirilgani uchun bekor qilingan.

 

Qo‘mita ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettiriladi. Qonunchilik talablarini buzgan dorixonalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, ularning ro‘yxati ochiq e’lon qilib boriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda dorixonalar 8,5 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olgani aniqlandi | Zamon.uz