O'zbekiston

O‘zbekistonda marokash chigirtkasi tarqalmoqda

Chigirtka paydo bo‘lgan hududlarda kuzatuv va nazorat kuchaytirilib, kimyoviy ishlov berish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda marokash chigirtkasi tarqalmoqda

O‘zbekistonda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari boshlandi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 22-martdan, Samarqand viloyatida 24-martdan, Jizzax viloyatida esa 28-martdan zararli chigirtkalarning tuxumdan chiqqani aniqlangan. Hozirda asosan 1–2 yoshdagi marokash chigirtkasi tarqalmoqda.

 

Mutaxassislar tomonidan hasharotlarning aholi ekin maydonlari va tomorqalarga yetib borishini oldini olish maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda. Chigirtkalar aniqlangan hududlarda kimyoviy ishlov berish ishlari olib borilmoqda, kuzatuv va nazorat kuchaytirilgan.

 

Qayd etilishicha, an’anaviy ravishda chigirtkaga qarshi kimyoviy kurash ishlari har yili voha hududlaridan boshlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida yakunlanadi.

 

Ayni paytda kurash tadbirlariga 53 ta maxsus purkagichli avtomashina, 194 ta purkagichli traktor, 1000 dan ortiq motorli qo‘l purkagichlari, 25 ta suv tashuvchi transport vositasi hamda 66 ta motosikl jalb etilgan. Shuningdek, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va kimyoviy vositalar zaxirasi shakllantirilgan.

 

2026-yilda jami 651,8 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar 22 ming gektardan ortiq hududda monitoring olib borilib, 3 641 gektarda kimyoviy kurash o‘tkazilgan.

 

Chigirtkaga qarshi kurashni samarali tashkil etish maqsadida barcha viloyatlarda maxsus shtablar va tumanlarda tezkor otryadlar tuzilgan. Respublika bo‘yicha kuzatuv va kurash ishlariga 700 ga yaqin mutaxassis jalb etilgan.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, mamlakatda 200 ga yaqin chigirtka turi mavjud bo‘lib, har yili 6–8 turdagi zararli, to‘da hosil qiluvchi chigirtkalarga qarshi kurash olib boriladi. Mavsum davomida xizmatlar 24/7 rejimda faoliyat yuritadi.

 

Agentlik xabarida fuqarolardan zararli chigirtkalar tarqalgan hududlar haqida 1288 yoki 71 202 10 00 telefon raqamlari orqali xabar berish so‘ralgan. 

 

Ta’kidlanishicha, kimyoviy ishlov berish ishlari bepul amalga oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.