O'zbekiston

Oʻzbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish hamda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi.

Oʻzbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

 

Shavkat Mirziyoyev to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish hamda moliyaviy ahvoli og‘ir tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yondashuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Ta’kidlanganidek, mamlakatda xususiy biznesni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada bugungi kunda 300 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor va 5,5 million nafardan ziyod o‘zini o‘zi band qilgan shaxs faoliyat yuritmoqda. So‘nggi besh yilda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi 45 foizdan 58 foizga oshdi.

 

Taqdimotda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni erta bosqichda qo‘llab-quvvatlash, bankrotlik jarayonlarini samarali tashkil etish va biznesni saqlab qolishga qaratilgan tizimni takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etish, shuningdek sud boshqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Sud boshqaruvchilari palatasini tuzish taklif qilindi.

 

Bundan tashqari, moliyaviy ahvoli og‘ir tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etish, kredit va soliq qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish, sudgacha sanatsiya choralarini kengaytirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

 

Prezident ishlab turgan korxonalarni saqlab qolish, vaqtincha qiyinchilikka uchragan biznes subyektlariga o‘z vaqtida ko‘mak berish va ularni iqtisodiy faollikka qaytarish muhimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sohani xalqaro tajriba asosida tubdan takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda | Zamon.uz