O'zbekiston

O‘zbekistonda uch oy ichida 196 mlrd so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi

4 tonnadan ortiq sifatsiz neft mahsulotining sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

O‘zbekistonda uch oy ichida 196 mlrd so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi

O‘zbekistonda 2026-yilining I choragida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik bilan bog‘liq 885 ta holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha tekshiruvlar davomida 34,6 mln metr kub tabiiy gaz (101,6 mlrd so‘m) va 49,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (94,4 mlrd so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga  jami 196 milliard so‘m zarar yetkazilganligi qayd etilgan. 

 

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1 599 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.  

 

Neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida AYOQSH va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 180 ta holatda  4 058 tonna neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.  

 

Shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha 8 ming 344 ta iste’molchilar bilan profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Quvvati 50 kW va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarga berilgan ko‘rsatmalar davomida 2 293 ta iste’molchida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi ta’minlandi. 

 

Buning natijasida 19,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi.  Berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan 11 ta iste’molchiga ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.