O'zbekiston

PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchining IIBdagi akasi ishdan olindi

Uning voqeaga aralashishga urinishi xizmat vakolatlaridan noto‘g‘ri foydalanish ehtimoli sifatida baholandi.

PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchining IIBdagi akasi ishdan olindi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida PPX xodimiga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarlik bilan bog‘liq holat yuzasidan ichki ishlar organlarida xizmat intizomi masalasi muhokama qilindi.

 

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda tizimdagi xizmat intizomi, profilaktika ishlari samaradorligi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashdagi mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilish Diyorbek Sattarov rahbarligida o‘tkazildi.

 

Muhokama davomida jamoatchilik e’tiboriga tushgan hodisa — PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchining ichki ishlar tizimida ishlovchi akasi voqeaga aralashishga uringani alohida ko‘rib chiqildi. Ushbu holat xizmat vakolatlaridan noto‘g‘ri foydalanish ehtimoli sifatida baholandi.

 

Yig‘ilish yakunida Sirdaryo viloyati IIB rahbar xodimi, podpolkovnik Sherzod Pardayev xizmat intizomini buzganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs protsessual tartibda ushlangani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish hamda bezorilikka oid moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani bildirildi.

 

Mas’ullar tomonidan ichki ishlar organlarida qonuniylik va xizmat intizomini ta’minlash ustuvor vazifa ekani, mansabidan qat’i nazar, qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchining IIBdagi akasi ishdan olindi | Zamon.uz