Jahon

Respublikachi senatorlar Trampning NATO'dan chiqish rejasiga qat’iy qarshilik bildirdi

Senatorlar AQShning NATOdan chiqishi Rossiya va Xitoy manfaatlariga xizmat qilishini aytmoqda.

Respublikachi senatorlar Trampning NATO'dan chiqish rejasiga qat’iy qarshilik bildirdi

AQShda bir guruh respublikachi senatorlar Donald Trampning NATOdan chiqish ehtimoli haqidagi bayonotlariga qarshi chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

 

Ularning ta’kidlashicha, bunday qadam mamlakat milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi hamda AQShning ittifoqchilar bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Respublikachi senatorlar Mich Makkonnell va Tom Tillis, shuningdek demokrat senatorlar bilan birga, NATOning AQSh uchun strategik ahamiyatini qayd etdi. Ularning bayonotida alyans 2001 yil 11-sentyabr voqealaridan so‘ng AQShni qo‘llab-quvvatlagani, ittifoqchi davlatlar askarlari Afg‘onistonda amerikalik harbiylar bilan birga jang qilgani eslatib o‘tildi.

 

Senatorlar, jumladan Janna Shahin, NATOdan chiqish ehtimoli AQShning geosiyosiy raqiblari — Vladimir Putin va Si Jinpinning manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Avvalroq Donald Tramp Reuters va The Telegraph nashrlariga bergan intervyularida AQShning NATOdan chiqishi aniq bo‘lib qolganini bildirgan edi.

 

Qonunchilikka ko‘ra, AQSh prezidentining NATOdan chiqishi oson emas. 2024 yilda qabul qilingan qonun asosida bunday qaror Senatning kamida uchdan ikki qismi yoki Kongress tasdig‘ini talab qiladi.

 

Trampning bu boradagi bayonotlari respublikachilar orasida ham kelishmovchiliklarni yuzaga keltirgan. Xususan, Tom Tillis qayta saylovlarda ishtirok etmasligini bildirgan bo‘lsa, Mitch Makkonnell uzoq yillik faoliyatidan so‘ng siyosatdan ketishini e’lon qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Respublikachi senatorlar Trampning NATO'dan chiqish rejasiga qat’iy qarshilik bildirdi | Zamon.uz