O'zbekiston

Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkum vatanga qaytarilishi mumkin

Buning uchun O‘zbekiston mahkumlarni o‘z fuqaroligi bo‘lgan davlatga topshirish bo'yicha xalqaro konvensiyaga qo‘shilishi lozim.

Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkum vatanga qaytarilishi mumkin

Rossiya hukumati ushbu mamlakatda jazo o‘tayotgan va jazoni O‘zbekistonda davom ettirish istagini bildirgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlikni topshirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qilgan.

 

Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun O‘zbekiston 1998 yilda qabul qilingan, mahkumlarni o‘z fuqaroligi bo‘lgan davlatga topshirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilishi lozim. Toshkent ushbu hujjatni ratifikatsiya qilganidan so‘ng, Rossiya o‘zbekistonlik mahkumlarni vatanga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

 

Qayd etilishicha, mazkur hujjat Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlar uchun yuridik kuchga ega. Ya’ni ushbu mamlakatlar fuqarolari istak bildirgan taqdirda Rossiya hukumati ularni o‘z yurtidagi jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazishi mumkin. 

 

Shu bilan birga, OAVlarda Rossiyada jazo o‘tayotgan mahkumlar, jumladan xorijliklar ham Ukrainadagi urushga jalb qilinayotgani haqida xabarlar berilmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun mahkumlarga turli shartlar taklif etilmoqda yoki bosim o‘tkazilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkum vatanga qaytarilishi mumkin | Zamon.uz