Jahon

Rossiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Hodisa oqibatida 22 kishi jarohatlangan, yo‘lovchilar derazalar orqali evakuatsiya qilingan.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Teksler ma’lum qilishicha, Chelyabinsk–Moskva yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdning yettita vagoni Bryandino stansiyasi yaqinida relsdan chiqib ketgan. 

 

Jarohatlanganlar orasida bir nafar bola bor. Ikki kishida suyak sinishi aniqlangan, qolgan 20 nafar yo‘lovchi turli darajadagi lat yegan.

 

Davlat axborot agentligi TASS xabariga ko‘ra, hodisa vaqtida poyezdda jami 415 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Relsdan chiqish oqibatida vagonlar yon tomonga ag‘darilib ketgan, yo‘lovchilar esa derazalar orqali evakuatsiya qilingan.

 

Hozirda hodisa joyida tezkor xizmatlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari hamda uchta tiklovchi poyezd ish olib bormoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"