O'zbekiston

Tramp ayrim import qilinadigan dori vositalariga 100 foizlik boj joriy qildi

Mazkur tarif AQSh bilan savdo kelishuvi tuzmagan davlatlar mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Tramp ayrim import qilinadigan dori vositalariga 100 foizlik boj joriy qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ayrim import qilinadigan dori vositalariga 100 foizlik boj stavkalarini joriy etdi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur tarif AQSh bilan savdo kelishuvi tuzmagan davlatlar mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

 

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, bojlar patentlangan farmatsevtika mahsulotlari va ularning tarkibiy qismlariga tatbiq etiladi. Tariflar yirik kompaniyalar uchun 120 kundan so‘ng, kichik kompaniyalar uchun esa 180 kundan keyin kuchga kiradi.

 

Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Koreya, Shveytsariya va Lixtenshteyndan import qilinadigan farmatsevtika mahsulotlariga 15 foizlik boj qo‘llanadi. Agar mahsulot Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tariflar pastroq bo‘ladi, chunki ushbu davlat AQSh bilan mazkur sohada hamkorlik kelishuvini imzolagan.

 

Shuningdek, AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan “eng qulay sharoitlar rejimi doirasida narx belgilash” bo‘yicha va Savdo vazirligi bilan “ishlab chiqarishni mamlakatga qaytarish” yuzasidan kelishuv tuzgan kompaniyalar uchun boj joriy etilmaydi. Faqat Savdo vazirligi bilan kelishuvga ega kompaniyalar uchun esa 20 foizlik boj qo‘llanadi.

 

Mazkur qaror 1962 yilgi Savdoni kengaytirish to‘g‘risidagi qonunning 232-moddasi doirasida milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng qabul qilingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, patentlangan dori vositalari va ularga tegishli komponentlar importi hajmi AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi aniqlangan.

 

Avvalroq, o‘tgan yil kuzida ham AQSh xorijiy farmatsevtika kompaniyalari uchun, agar ular mamlakat hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymasa, import bojlari oshirilgan edi.

 

Dori vositalari narxini pasaytirish Donald Trampning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida tilga olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.