Jahon

Afg‘onistonda minalar portlashi oqibatida bir yilda qariyb 500 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Qurbonlarning katta qismini bolalar tashkil etmoqda.

Afg‘onistonda minalar portlashi oqibatida bir yilda qariyb 500 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda o‘tgan yil davomida portlamagan o‘q-dorilar va minalar portlashi oqibatida kamida 471 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Richard Bennett Xalqaro minalar haqida xabardorlik kuni arafasida ma’lum qildi.

 

Ta’kidlanishicha, portlashlardan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan qatlam bolalardir. Hisobotga ko‘ra, qurbonlarning qariyb 67 foizi bolalardan iborat. Ko‘plab fojialar bolalar tasodifan minalarni topib, ularni o‘yinchoq deb adashtirishi oqibatida sodir bo‘lmoqda.

 

Mutaxassislar qayd etishicha, bunday portlashlar o‘nlab yillar davom etgan qurolli mojarolar oqibatida hududlarda qolib ketgan portlovchi moddalar sabab yuz bermoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, portlamagan o‘q-dorilar bilan bog‘liq hodisalar tinch aholining o‘limi bilan yakunlangan barcha holatlarning qariyb 24 foizini tashkil etadi.

 

Richard Bennett minalashtirilgan hududlarda sodir bo‘layotgan ommaviy o‘limlar insonning yashash huquqiga jiddiy tahdid solayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda ayrim hududlarda keng ko‘lamli minalardan tozalash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, muammo hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

 

BMT vakili xalqaro hamjamiyatni minalardan tozalash dasturlarini moliyalashtirishni keskin oshirishga chaqirib, bu orqali tinch aholi, ayniqsa bolalar hayotini himoya qilish zarurligini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.