Jahon

Eron AQSHning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Mazkur hodisada ikki nafar uchuvchi qutqarilgan, bir nafar uchuvchi esa bedarak yo‘qolgan.

Eron AQSHning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Eron va Fors ko‘rfazi hududida AQSHning ikkita harbiy samolyoti urib tushirildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar uchuvchi qutqarilgan bo‘lsa, yana bir uchuvchi bedarak yo‘qolgan va uni Eron kuchlari qidirmoqda.

 

AQSH rasmiylari va Eron tomonining tasdiqlashicha,  birinchi samolyot — F-15E turidagi ikki o‘rindiqli qiruvchi-bombardimonchi bo‘lib, u Eron tomonidan o‘qqa tutilib urib tushirilgan. Ikkinchi samolyot — A-10 Warthog hujumchi samolyoti esa zarbadan so‘ng Kuvayt hududida qulagan, uchuvchi esa katapulta orqali qutulib qolgan.

 

Bedarak yo‘qolgan uchuvchini qidirish operatsiyasi davomida jalb etilgan AQSHning Black Hawk vertolyotlari ham Eron hujumi ostida qolgan, biroq ular hududni tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Hozircha ekipaj a’zolarining jarohat darajasi va yo‘qolgan uchuvchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

 

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi samolyot qulagan hududda qidiruv ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi. Mahalliy rasmiylar esa “dushman kuchlari”ni qo‘lga olish yoki yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganlarga mukofot va’da qilgan.

 

Voqealar fonida AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi bo‘yicha hisobotlarni qabul qilmoqda. Shu bilan birga, Pentagon va AQSH Markaziy qo‘mondonligi vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

 

Mutaxassislar qayd etishicha, ushbu hodisalar AQSH va Isroil kuchlari Eron osmonida to‘liq ustunlikka ega ekani haqidagi bayonotlarni shubha ostiga qo‘ymoqda.

 

Avvalroq  Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Eron havo hududida AQSHga tegishli F-35 qiruvchi samolyoti yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.

 

custom img

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"