Jahon

Ozarbayjon Eronga 200 tonna gumanitar yordam yubordi

Bu Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan buyon uchinchi yordam partiyasidir.

Ozarbayjon Eronga 200 tonna gumanitar yordam yubordi

Ozarbayjon Eronga navbatdagi gumanitar yordam partiyasini jo‘natdi. Mamlakat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, insonparvarlik yordami Islom Respublikasi aholisining mavjud ehtiyojlarini qondirish maqsadida yuborilgan.

 

Yordam jo‘natish to‘g‘risidagi qaror Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkian o‘rtasida 2-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan so‘ng qabul qilingan.

 

Umumiy og‘irligi 200 tonnani tashkil etgan gumanitar yuk tarkibiga 190 tonna oziq-ovqat mahsulotlari, 7 tonna dori-darmon vositalari hamda 3 tonna tibbiy buyumlar kiradi. Insonparvarlik yordami 10 ta yuk mashinasida yetkazib berildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan buyon Ozarbayjon tomonidan Eronga yuborilgan uchinchi gumanitar yordam partiyasidir.

 

Shuningdek, Eron boshqa davlatlardan ham insonparvarlik yordami olmoqda. Xususan, Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati rahbari Pir Husayn Xolivand ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan 330 tonna dori-darmon va boshqa gumanitar yuk yetkazilgan.

 

Bundan tashqari, Eron Qozog‘iston, Xitoy hamda Iroqdan ham yordam qabul qilgan. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ozarbayjon Eronga 200 tonna gumanitar yordam yubordi | Zamon.uz