O'zbekiston

O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manba asosida tekshiriladi.

O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarining samaradorligi xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, adliya vazirligi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularning samaradorligini aniqlash tartibini belgilovchi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manba asosida tekshiriladi. Ushbu jarayon mustaqil ilmiy ekspertlardan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra dori vositalari uch toifaga ajratiladi: 

 

• samaradorligi isbotlangan dori vositalari (xalqaro ilmiy manbalarda samaradorligi tasdiqlangan bo‘lsa); 

 

• samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari (xalqaro manbalarga ko‘ra samaradorligi tasdiqlanmagan bo‘lsa);

 

• samaradorligi o‘rganilmagan dori vositalari (xalqaro ilmiy manbalarda bu borada ma’lumot mavjud bo‘lmasa);

 

O‘rganish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasining rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.