O'zbekiston

Prezident bir guruh geologlarni mukofotladi

Geologlar “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Prezident bir guruh geologlarni mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

 

Farmonga muvofiq, mamlakatda geologiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, qazilma boyliklar geologiyasi, tadqiqot va qidiruv tarmog‘ini  rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral resurslarni aniqlash, yangi konlar va xomashyo zaxiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘zlashtirish borasidagi katta xizmatlari, yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, ularning salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh geologlar mukofotlandi:

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni bilan

 

  • Muminov Tolibjon Xoliyorovich — “Navoiyuran” davlat korxonasining “Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi.

 

  • Ergashev Elmurod Xasanovich — “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh geologi.

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

  • Nuraliyev Raxmonali Azimovich — “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi.

 

  • Yallakabilov G‘ulom — “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasining Markaziy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi.

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

  • Bogdanov Aleksandr Nikolayevich — Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi hamda istiqbolli obyektlarni baholash laboratoriyasi boshlig‘i.

 

  • Shukurov Nosir Egamovich — H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i.

 

“Shuhrat” medali bilan

 

  • Aripov Shaxobiddin Paxritdinovich — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti.

 

  • Jo‘rayev Sherali Izatilloyevich — “Navoiyuran” davlat korxonasining geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori.

 

  • Zairov Ilhom Matazimovich — “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Avtomobil va texnologik transporti” filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi.

 

  • Sayitov Hamza Qahharovich — “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident bir guruh geologlarni mukofotladi | Zamon.uz