O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Mazkur “Media haftalik” OAV uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan.

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Media haftalik”ning dastlabki bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yakunlandi. 

 

Ma’lum qilinishicha, haftalik doirasidagi mashg‘ulotlarga 60 dan ortiq axborot xizmati rahbarlari va xodimlari, hududiy hamda mahalliy telekanallarning 80 dan ziyod vakillari — muxbirlar, tasvirchilar, montajchilar, rejissyorlar va muharrirlar, shuningdek bosma va elektron OAVning 50 dan ortiq xodimlari jalb etilgan. Bundan tashqari, mustaqil blogerlar ham faol ishtirok etdi.

 

Eng katta qatlamni esa 500 nafardan ortiq mobilograf, SMM mutaxassislari, vaynerlar va kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar tashkil etdi. Dastlabki e’lonlardan so‘ng ishtirok etish istagini bildirganlar soni ortib, umumiy hisobda 700 dan ziyod media vakillari yagona muloqot maydonida jamlandi.

 

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, “Media haftalik” an’anaviy o‘quv kursidan farqli ravishda axborot uzatishdagi eskicha yondashuvlardan voz kechib, zamonaviy media muhitiga mos yangi qarashlarni shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Haftalik davomida ishtirokchilar sun’iy intellektdan foydalanish, kreativ kontent yaratish, axborot xurujlariga qarshi kurashish, shuningdek inqirozli vaziyatlarda samarali kommunikatsiya olib borish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirdi.

 

Mashg‘ulotlar beshta asosiy yo‘nalishda tashkil etildi. Jumladan, bosma va internet nashrlari vakillari uchun sun’iy intellekt davrida axborot yaratish, raqamli etika va faktcheking vositalari bo‘yicha darslar o‘tkazildi. Televideniye vakillari uchun esa siyosiy va iqtisodiy mavzularni zamonaviy formatda yoritish, hujjatli filmlar tayyorlash hamda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Davlat organlari axborot xizmatlari rahbarlari strategik kommunikatsiya, antikrizis boshqaruvi, ochiqlik indeksi va KPI tizimlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi. SMM mutaxassislari va blogerlar esa auditoriyani jalb etuvchi mobil reportajlar tayyorlash, vizual storitelling va ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirdi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar zamonaviy media muhitida faol ishlay oladigan, kreativ va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllangani ta’kidlandi. Shuningdek, haftalik davlat idoralari, jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgani qayd etildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi | Zamon.uz