O'zbekiston

“Tokioga yo‘l”: Chempion ruhi va milliy g‘urur aks etgan film

O‘zbekiston va Yaponiya kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Tokioga yo‘l” badiiy filmi milliy kino olamida muhim voqea sifatida namoyon bo‘ldi. Film boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayoti, uning mashaqqatli yo‘li va katta g‘alabalari asosida yaratilgan.

“Tokioga yo‘l”: Chempion ruhi va milliy g‘urur aks etgan film

O‘zbekiston va Yaponiya kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Tokioga yo‘l” badiiy filmi premyerasi Toshkent shahridagi O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tdi. Filmning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash, milliy kontentni rivojlantirish va keng targ‘ib etishdir. Asarda mamlakatda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yuqori natijalarga erishish yo‘lida yaratilgan shart-sharoitlar yorqin aks ettirilgan.

 

 

Film rejissyori va prodyuseri Akrom Isakovning ta’kidlashicha, ushbu loyiha orqali bugungi O‘zbekiston sportining kuchi va xalqaro maydondagi nufuzi namoyon etilgan:

 

“Bugungi kunda O‘zbekiston boks bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda. Biz o‘z kuchimizni isbotlab bo‘ldik. Endi dunyo biz bilan hisoblashmoqda. Bu film – ana shu g‘urur va natijaning ifodasi.”

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, film nafaqat sportning muvaffaqiyati, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbek ekanidan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi:

 

“Biz ota-bobolarimiz bilan faxrlanamiz. Endi bugungi avlod ham o‘zini isbotlayapti. Bu film – o‘sha davomchilikning belgisi.”

 

Rejissor filmni tomosha qilish zarurati haqida ham alohida to‘xtaldi: 

 

“Oldin sportda katta natijalar kam edi. Bugun esa butun dunyo tan olyapti. O‘zbeklar deyishsa, kuchli xalq sifatida qaralyapti. Bu film – bayrog‘imizni gap bilan emas, mehnat bilan ko‘tarish haqida.”

 

Uning fikricha, film tomoshabinga oddiy hikoya emas, balki jonli isbot – mehnat va fidoyilik natijasini ko‘rsatadi.

 

 

Filmda bosh rolni ijro etgan aktyor uchun bu loyiha oson kechmagan. U hatto dastlab rolni yo‘qotganini ochiq aytadi: 

 

“Bu rol qo‘limdan ketgan edi. Hatto boshqa aktyor bilan 40 foiz suratga olish ishlari ham bajarilgan. Lekin men umidimni uzmadim. Ichimda bu rol meniki bo‘lishini his qilardim.”

 

Aktyorning aytishicha, u bu rol uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan: 

 

“Men sababsiz dieta qildim, sababsiz boks mashg‘ulotlariga bordim. Men shunchaki ishonardim. Chunki bu mening orzum edi.”

 

Filmda jang sahnalari ayniqsa murakkab bo‘lgan. Aktyor bu jarayonni shunday eslaydi:

 

“Professional boksyor bilan besh kun davomida jang sahnalarini suratga oldik. Kuniga 10-12 soat ishladik. Asosan men zarba yedim. Hatto miya chayqalish holatigacha bordi.”

 

Shunga qaramay, u bu jarayonni ijobiy baholaydi:

 

“Men biror marta ‘qiynaldim‘ demadim. Bu men uchun zavq edi. Yana bo‘lsa, yana-da yaxshiroq ijro etardim.”

 

Aktyor Bahodir Jalolov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘p muloqot qilmaganini ham aytib o‘tdi:

 

“Men ko‘proq uning do‘stlari bilan suhbatlashdim. Chunki insonni yaqinlari uni yana-da yaxshiroq biladi. Jang sahnalarida – qat’iyatli, oilaviy sahnalarda esa – samimiy obraz yaratishga harakat qildim.”

 

Film ijodkorlari va qahramonlarning fikricha, “Tokioga yo‘l” – bu yoshlar uchun kuchli motivatsiya manbai:

 

“Bu film yoshlar uchun motivatsiya beradi. Unda qiyinchiliklar, mehnat va g‘alaba yo‘li ko‘rsatilgan.”

 

“Tokioga yo‘l” — bu shunchaki biografik film emas. Bu – ishonch, sabr va mehnat orqali erishilgan g‘alabaning badiiy ifodasidir. Film tomoshabinga nafaqat sportdagi muvaffaqiyatni, balki insoniy kuch va irodaning chegarasizligini his qildiradi.

 

U har bir o‘zbek uchun faxr, har bir yosh uchun esa ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekistonda “voyenkomat”lar tugatilayotgani yo‘q — Mudofaa vazirligi

Vazirlik mamlakatda mudofaa ishlari organlari faoliyati tugatilmayotganini, aksincha, tizim zamonaviy talablar asosida takomillashtirilayotganini bildirdi.

custom img

OAVlar 3 yilga daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin

O‘zbekistonda jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yillik 40 mlrd so‘mlik jamg‘arma tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, 2026-yildan boshlab davlat mukofoti yoki “Oltin qalam” mukofoti sovrindori bo‘lgan jurnalistlarga uy-joy ijara xarajatlarini qoplash taklif etilmoqda.

custom img

"Miyam o‘chib qoldi": Toshkentda bir nechta mashinaga urilgan Cobalt haydovchisi holatga izoh berdi

Hodisadan so‘ng haydovchi shahar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

custom img

Surxondaryoda uch nafar 18 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Ulardan 2 nafarining jasadi topilgan bo‘lib, yana birining jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.

custom img

Qarshi hokimi o‘rinbosari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun 41 mln so‘m jarimaga tortildi

Tekshiruv natijasida Nurbek Turdiyev tomonidan xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingani tasdiqlandi.

custom img

Fitch “O‘zbekgidroenergo” reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

Kompaniyaning uzoq muddatli xalqaro kredit reytingi “BB” darajasida tasdiqlandi.

custom img

"O‘tkan kunlar" izidan: Marg‘ilondagi Otabek va Kumush uyiga sayohat

"O'tkan kunlar" ni o'qigan odam borki, albatta Marg'ilonni ko'rishni istaydi. O'zbekiston Turizm qo'mitasi tomonidan 6-8-iyun kunlari Farg'ona shahriga press-tur tashkil qilindi. ushbu press_tur doirasida Zamon.uz muxbiri MArg'ilonda yangi ochilgan Marg'ilon cityga tashrif buyurdi. Va "Otabek Kumush" uy muzeyidan fotoreportaj tayyorladi.

custom img

Sirdaryoda hokimlik xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Mansabdor fuqaroning ishonchiga kirib, davlat zaxirasidagi yer maydonini ajratib berishni va’da qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"