O'zbekiston

Toshkentda “Qora libosli ayol tashrifi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Tadbir doirasida adabiy chiqishlar, sahna ko‘rinishi va kitob imzolash marosimi tashkil etildi.

Toshkentda “Qora libosli ayol tashrifi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ozarbayjon xalq yozuvchisi Maqsud Ibrohimbekovning “Qora libosli ayol tashrifi” asarining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur nashr Ozarbayjon Madaniyat vazirligi hamda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida tayyorlangan.

 

Tadbirda ilm-fan va adabiyot vakillari, madaniyat arboblari, talabalar hamda Ozarbayjon diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Dastlab yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavha namoyish qilindi.

 

Madaniyat markazi direktori Akif Marifli ushbu nashr Ilhom Aliyev tashabbusi bilan yozuvchining 90 yillik yubileyi doirasida amalga oshirilganini ta’kidladi. U mazkur asar inson ruhiyati va hayot dramalarini chuqur badiiy ifoda etuvchi muhim adabiy asarlardan biri ekanini qayd etdi.

 

Tadbir davomida adabiyotshunoslar Jamila Shermuhammedova va Erkin Nuriddinov asarning badiiy qiymati va psixologik chuqurligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, tarjimon Shahlo Qosimova ushbu nashr ikki xalq o‘rtasidagi adabiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Tadbirda yozuvchining turmush o‘rtog‘i Anna Ibrohimbekova ham ishtirok etib, muallif ijodi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Shuningdek, Xaribulbul teatri jamoasi tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi, Qorabog‘ Zafari raqs ansambli esa milliy raqslar bilan chiqish qildi.

 

Tadbir yakunida kitobxonlar uchun kitob imzolash marosimi tashkil etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “Qora libosli ayol tashrifi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi | Zamon.uz