Jahon

Tramp “Alkatraz” qamoqxonasini qayta ochmoqchi

AQSH Prezidenti qamoqxona faoliyatini qayta tiklash uchun Kongressdan 152 million dollar so‘radi.

Tramp “Alkatraz” qamoqxonasini qayta ochmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq Alkatraz orolidagi “Alkatraz” qamoqxonasini qayta tiklash uchun Kongressdan 152 million dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda Oq uy tomonidan e’lon qilingan 2027-yilgi byudjet loyihasiga tayanib, DW xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, hujjat hali AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Rejaga muvofiq hozirda sayyohlik maskani sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq federal qamoqxona mamlakatdagi eng zamonaviy jazoni o‘tash muassasalardan biriga aylantiriladi. Mutaxassislar ta’mirlash ishlarining umumiy qiymatini 2 milliard dollargacha baholamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp 2025-yil may oyida “Alkatras”ni yana ishga tushirish bo‘yicha farmon bergan. Mazkur muassasada og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslar saqlanishi rejalashtirilgan. Prezident bu tashabbusni “qonun va tartib ramzi” sifatida izohlagan.

 

“Alkatraz” qamoqxonasi 1934–1963-yillarda faoliyat yuritgan bo‘lib, AQShdagi eng mashhur va qat’iy tartibli qamoqxonalardan biri sifatida tanilgan. U San-Fransisko ko‘rfazidagi orolda joylashgan bo‘lib, qochib ketish deyarli imkonsiz hisoblangan. Bu yerda, jumladan, mashhur gangster Al Kapone ham jazo o‘tagan. 1972-yildan buyon esa mazkur obyekt muzey sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Qamoqxonaning yopilishiga asosiy sabab sifatida uni saqlash xarajatlarining yuqoriligi ko‘rsatiladi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini orolga suv orqali yetkazish zarur bo‘lgan. Bundan tashqari, dengiz iqlimi binolarning tez eskirishiga olib kelgan.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Tramp “Alkatraz” qamoqxonasini qayta ochmoqchi | Zamon.uz