Jahon

Dog‘istonda kuchli yomg‘ir sabab uch qavatli bino qulab tushdi

Suv toshqinlari Maxachkala va Derbent shaharlarida jiddiy talafotlarga sabab bo‘lib, aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Dog‘istonda kuchli yomg‘ir sabab uch qavatli bino qulab tushdi

Dog‘istonda 5-aprel kechasi kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik bir qator hududlarda suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Eng og‘ir vaziyat Maxachkala va Derbent shaharlarida qayd etilgan.

 

Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, kuchli jala natijasida ayrim ko‘chalar va turar-joy hududlari suv ostida qolgan. Maxachkaladagi Aivazovskiy ko‘chasida joylashgan olti qavatli ko‘p qavatli uy jala suvlari oqibatida zararlangani sababli binodagi aholi evakuatsiya qilinmoqda. Favqulodda vaziyat joyiga qutqaruv ekipajlari va avtobuslar yuborilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda suv toshqini tufayli evakuatsiya qilinayotgan bino yaqinidagi uch qavatli binoning qulab tushgani aks etgan foto va videolar tarqaldi. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

 

Kuchli yomg‘ir oqibatida respublikaning 139 ta aholi punktida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, bunga elektr uzatish liniyalaridagi qisqa tutashuvlar sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Derbent va Maxachkala shaharlari ko‘chalarida transport harakati qiyinlashgan, ayrim yo‘llar vaqtincha yopilgan. Derbentda suv bosgan hovlilardan birida qutqaruvchilar bir ayol va bolani evakuatsiya qilib, ularni vaqtinchalik boshpanaga joylashtirgan.

 

Derbent–Maxachkala avtomagistralining ayrim qismlari ham suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar odamlarni xavfli hududlardan o‘t o‘chirish mashinalari va boshqa maxsus texnikalar yordamida olib chiqmoqda.

 

Ayni paytda Dog‘istonning favqulodda xizmatlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda va suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.