Jahon

Do‘zax eshiklari tajovuzkorlar uchun ochiladi — Eron generali

Eron harbiy qo‘mondonligi AQSh va Isroilni keskin ogohlantirdi.

Do‘zax eshiklari tajovuzkorlar uchun ochiladi — Eron generali

Eronning yuqori operatsion qo‘mondonligi AQSh va Isroilga keskin ogohlantirish bilan chiqdi. Harbiy rahbariyatga ko‘ra, mamlakat infratuzilmasiga qarshi har qanday hujum tajovuzkorlar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Bu haqda Eron armiyasi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi o‘rtasidagi operatsiyalarni muvofiqlashtiruvchi Xatam al-Anbiyo markaziy shtabi qo‘mondoni, general-mayor Ali Abdullohi bayonot berdi.

 

Qo‘mondonning ta’kidlashicha, Eron infratuzilmasi yoki milliy boyliklariga qaratilgan har qanday hujum “tajovuzkorlar uchun do‘zax eshiklarini ochishi” mumkin. U, shuningdek, Eron qurolli kuchlari mamlakat manfaatlarini himoya qilish va milliy boyliklarni saqlash borasida qat’iy pozitsiyada ekanini bildirib o‘tdi.

 

Generalning so‘zlariga ko‘ra, har qanday tajovuz AQSh va Isroil tomonidan foydalaniladigan infratuzilmalarga nisbatan “vayronkor va uzoq muddatli zarbalar” bilan javob berilishiga olib kelishi mumkin.

 

Shuningdek, u Eron qurolli kuchlari mamlakat suvereniteti va milliy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilishini ta’kidladi.

custom img

Eron Yaqin Sharqda AQSh va Isroilning neft-gaz infratuzilmalariga zarba berdi

BAA, Bahrayn va Quvaytdagi ayrim neft-gaz obyektlari hamda zavodlar dron va raketa zarbalari bilan nishonga olingan.

custom img

Quvaytda Eron tomonidan vazirlik binosiga dron hujumi uyushtirildi

Hujum natijasida Moliya vazirligi binosiga moddiy zarar yetgan, shuningdek, mamlakatdagi ikkita elektr va suv ta’minoti stansiyasi shikastlangan

custom img

Tramp 48 soatdan keyin Eronga “doʻzax yogʻilishi“ni aytdi

Eron kelishuvga erishishi yoki Hormuz bo‘g‘ozi masalasini hal qilishi uchun berilgan muddat yakunlanmoqda.

custom img

Tramp NATOni AQShning zaif va ishonchsiz hamkori deb atadi

Shuningdek AQSh prezidenti o‘zini Amerika xalqining eng sevimli prezidenti deb bilishini ta'kidladi.

custom img

Eron ayrim kemalarga Hormuz bo‘g‘ozidan o'tishiga ruxsat berdi

Kemalar maxsus protokollar va belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bo‘g‘ozdan o‘tadi.

custom img

Afg‘onistonda minalar portlashi oqibatida bir yilda qariyb 500 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Qurbonlarning katta qismini bolalar tashkil etmoqda.

custom img

Germaniyada 17–45 yoshdagi erkaklar uchun chet elga chiqish qoidalari kuchaytiriladi

Erkaklar mamlakatni uch oydan ortiq muddatga tark etish uchun Bundesverdan ruxsat olishi shart bo‘ldi.

custom img

Ozarbayjon Eronga 200 tonna gumanitar yordam yubordi

Bu Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan buyon uchinchi yordam partiyasidir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"