Jahon

Eron havo hududi 12-aprelgacha yopiq qolishini rejalashtirmoqda

Faqat davlat, harbiy va tibbiy reyslarga istisno berilishi mumkin.

Eron havo hududi 12-aprelgacha yopiq qolishini rejalashtirmoqda

Eron rasmiylari mamlakat havo hududi kamida 12-aprelga qadar yopiq holda qolishini rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, cheklovlar asosan fuqarolik aviatsiyasi parvozlariga taalluqli bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim istisnolar ham ko‘zda tutilgan. Xususan, davlat, harbiy va tibbiy aviatsiya reyslari, shuningdek, maxsus ruxsatnoma olgan ayrim parvozlarga ruxsat berilishi mumkin.

 

Mintaqada keskinlik 28-fevraldan buyon ortib bormoqda. Isroil, AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygani fonida Eron bir necha bor Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlar hududlariga zarbalar bergani haqida xabarlar berilgan edi. Eron rasmiylari esa ushbu hujumlar AQSh harbiy bazalariga qaratilganini bildirgan.

 

Shuningdek, Eron Turkiya hududiga hujum qilinganini rad etgan. Yaqin Sharqdagi qator davlatlar Tehronning harakatlarini tanqid qilgan. Jumladan, BAA mamlakatdagi elchixonasini yopib, elchisini chaqirib oldi, Saudiya Arabistoni esa javob choralarini ko‘rishi mumkinligini bildirdi.

 

Bundan tashqari, Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozi amalda yopilgani haqidagi xabarlar fonida jahon energiya bozorida narxlar keskin oshgani qayd etilmoqda. Eron Oliy rahbari davlat televideniyesi orqali e’lon qilingan bayonotida ushbu blokadadan ta’sir vositasi sifatida foydalanish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Dog‘istonda kuchli yomg‘ir sabab uch qavatli bino qulab tushdi

Suv toshqinlari Maxachkala va Derbent shaharlarida jiddiy talafotlarga sabab bo‘lib, aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Eron Yaqin Sharqda AQSh va Isroilning neft-gaz infratuzilmalariga zarba berdi

BAA, Bahrayn va Quvaytdagi ayrim neft-gaz obyektlari hamda zavodlar dron va raketa zarbalari bilan nishonga olingan.

custom img

Quvaytda Eron tomonidan vazirlik binosiga dron hujumi uyushtirildi

Hujum natijasida Moliya vazirligi binosiga moddiy zarar yetgan, shuningdek, mamlakatdagi ikkita elektr va suv ta’minoti stansiyasi shikastlangan

custom img

Do‘zax eshiklari tajovuzkorlar uchun ochiladi — Eron generali

Eron harbiy qo‘mondonligi AQSh va Isroilni keskin ogohlantirdi.

custom img

Eron Iroq kemalariga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Cheklovlar faqat dushman davlatlar kemalariga nisbatan qo‘llanadi.

custom img

Tramp 48 soatdan keyin Eronga “doʻzax yogʻilishi“ni aytdi

Eron kelishuvga erishishi yoki Hormuz bo‘g‘ozi masalasini hal qilishi uchun berilgan muddat yakunlanmoqda.

custom img

Tramp NATOni AQShning zaif va ishonchsiz hamkori deb atadi

Shuningdek AQSh prezidenti o‘zini Amerika xalqining eng sevimli prezidenti deb bilishini ta'kidladi.

custom img

Eron ayrim kemalarga Hormuz bo‘g‘ozidan o'tishiga ruxsat berdi

Kemalar maxsus protokollar va belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bo‘g‘ozdan o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"