Jahon

Eron Iroq kemalariga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Cheklovlar faqat dushman davlatlar kemalariga nisbatan qo‘llanadi.

Eron Iroq kemalariga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Eron rasmiylari Iroq kemalariga Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin o‘tishga ruxsat berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron Qurolli kuchlarining markaziy shtabi — Xatam al-Anbiya bayonotiga tayanib Al Alam TV xabar berdi.

 

Bayonotda aytilishicha, Eron tomonidan joriy etilgan cheklovlar Iroqqa nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Birodar Iroq Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan cheklovlardan ozod qilindi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Shuningdek, Eron harbiylari ta’kidlashicha, mamlakat tomonidan kiritilgan qat’iy cheklovlar faqat dushman davlatlarning tanker va quyma yuk tashuvchi kemalariga nisbatan amal qiladi. Bu haqda TASS ham xabar bergan.

 

Avvalroq Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotgan bir paytda AQSh va Isroil Eronga qarshi qo‘shma harbiy operatsiya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng Eron Isroil hududlariga raketa zarbalari bergani hamda Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalariga hujum qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Shuningdek, mintaqadagi keskin vaziyat sabab bir qator davlatlar havo hududlarini vaqtincha yopilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron Iroq kemalariga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi | Zamon.uz