Jahon

Eron Yaqin Sharqda AQSh va Isroilning neft-gaz infratuzilmalariga zarba berdi

BAA, Bahrayn va Quvaytdagi ayrim neft-gaz obyektlari hamda zavodlar dron va raketa zarbalari bilan nishonga olingan.

Eron Yaqin Sharqda AQSh va Isroilning neft-gaz infratuzilmalariga zarba berdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) Fors ko‘rfazi mintaqasidagi bir qator mamlakatlarda joylashgan AQSh va Isroil bilan bog‘liq obyektlarga zarbalar berilganini e’lon qildi. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar berdi.

 

IRGC ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar jami beshta nishonga qaratilgan. Xususan, Isroil havo kuchlari qiruvchi samolyotlarini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan Hayfa shahridagi neftni qayta ishlash zavodi kuchli zarbaga uchragani aytilmoqda. Natijada obyektning asosiy qismlari jiddiy zarar ko‘rgani ta’kidlangan.

 

Shuningdek, BAAning Xabshan hududida joylashgan va Amerikaning ExxonMobil hamda Chevron kompaniyalariga tegishli gaz inshootlari ham hujum nishoniga aylangan. Bundan tashqari, Ar-Ruvays shahridagi AQSh neft-kimyo zavodiga ham raketa zarbalari berilgani ma’lum qilindi. Mazkur obyekt AQSh harbiylari uchun yoqilg‘i hamda Isroil uchun harbiy mahsulotlar ishlab chiqaradi.

 

Bundan tashqari, Bahraynda joylashgan va AQSh harbiylarini neft mahsulotlari bilan ta’minlaydigan neft-kimyo zavodiga dron hujumi uyushtirilgani bildirildi. Hujum oqibatida kuchli yong‘in yuzaga kelib, obyektning asosiy qismlari vayron bo‘lgani qayd etilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quvaytning Shuayba hududida joylashgan Amerika obyektlari ham zarar ko‘rgan. Ushbu majmuada yuzaga kelgan yong‘in AQSh harbiylari bilan hamkorlik qiladigan ishlab chiqarish faoliyatining to‘xtashiga sabab bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, Bahrayndagi BAPCO Energies neftni qayta ishlash zavodida ham dron hujumi oqibatida yong‘in kelib chiqqani xabar qilinmoqda.

 

Eron 28-fevraldan buyon AQSh va Isroilning hujumlariga javoban Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalari hamda neft-gaz infratuzilmalariga qarshi zarbalar berayotganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron Yaqin Sharqda AQSh va Isroilning neft-gaz infratuzilmalariga zarba berdi | Zamon.uz