O'zbekiston

Jizzaxda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

YTH qurbonlari orasida 54 yoshli Xitoy fuqarosi ham bo‘lgani aytilmoqda.

Jizzaxda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 4-aprel kuni soat 16:05 atrofida Jizzax–Bog‘don–Qizilcha avtomobil yo‘lida yuz bergan.

 

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 27 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili quvib o‘tish qoidasini buzgan.

Oqibatda avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Forish tumanida yashovchi 35 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi natijasida har ikki avtomobil haydovchisi, shuningdek Nexia avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 54 yoshli Xitoy fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Shuningdek, Cobalt avtomobilidagi ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ular ham vafot etgan.

 

Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy idoralar tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz