Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumaniga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel keldi
Baland tepalikdan oqib tushgan yog‘in suvlari sel hosil qilgan.

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel hodisasi kuzatildi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi meteostansiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 5-aprel kuni Beruniy tumani hududida yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida baland tepalikdan Sulton-Uvaysiy ziyoratgohiga oqib tushgan yog‘in suvlari sel hosil qilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda ham ushbu hududda yog‘ingarchilik davom etmoqda.
Soat 20:00 holatiga yaqin hududdagi Mang‘it agroposti ma’lumotlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik miqdori 21,8 millimetrni tashkil etgan.








