Jahon

Quvaytda Eron tomonidan vazirlik binosiga dron hujumi uyushtirildi

Hujum natijasida Moliya vazirligi binosiga moddiy zarar yetgan, shuningdek, mamlakatdagi ikkita elektr va suv ta’minoti stansiyasi shikastlangan

Quvaytda Eron tomonidan vazirlik binosiga dron hujumi uyushtirildi

Quvayt poytaxtida joylashgan Moliya vazirligi binosi uchuvchisiz uchish apparati hujumi oqibatida zarar ko‘rdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, hodisa 4-aprel kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Unda Eron tomonidan amalga oshirilgan dron hujumi natijasida Quvayt shahridagi vazirlik majmuasi binosi shikastlangani aytilgan.

 

Hujum oqibatida binoga moddiy zarar yetgan, biroq jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Vazirlik xodimlari 5-aprel kuni masofadan turib ishlashi, fuqarolar qabuli esa vaqtincha to‘xtatilganini bildirgan.

 

Idora faoliyati odatdagi tartibda 6-aprel kunidan qayta tiklanadi.

 

Mahalliy KUNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eron tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida mamlakatdagi ikkita elektr va suv ta’minoti stansiyasi ham shikastlangan. Natijada ayrim energetika obyektlari vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.

 

Quvayt Elektr, suv va qayta tiklanadigan energiya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 3-aprel kuni ham Eron Quvaytning energetika infratuzilmasiga qarashli elektr stansiyasi hamda suvni tuzsizlantirish zavodiga zarba bergan. Ushbu hujumlar oqibatida obyektlarga moddiy zarar yetgani qayd etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Quvaytda Eron tomonidan vazirlik binosiga dron hujumi uyushtirildi | Zamon.uz