O'zbekiston

Samarqandda bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi3 oydan beri topilmayapti

Taxminlarga ko‘ra, u tanish yigit tomonidan o‘ldirilib, jasadi Darg‘om kanaliga tashlangan bo‘lishi mumkin.

Samarqandda bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi3 oydan beri topilmayapti

Samarqandda bedarak yo‘qolgan 38 yoshli ayolning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

 

"Millar"ning ma'lum qilishicha, ayol 2025-yil 24-dekabr kuni uyidan chiqib ketganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Yaqinlarining aytishicha, u o‘sha kuni ishdan qaytib, uyida bo‘lgan, keyinchalik qarz masalasini hal qilish bahonasida tanish yigit bilan uchrashgani chiqib ketgan va shundan so‘ng qaytib kelmagan. Oradan ko‘p o‘tmay uning telefoni ham o‘chgan.

 

Qarindoshlarning bildirishicha, gumonlanuvchi avval ham marhumadan avtomobil ijaraga olib, to‘lovni bermasdan qochib yurgan. Taxminlarga ko‘ra, ular o‘rtasida yuzaga kelgan janjal oqibatida ayolga pichoq bilan zarba berilgan, so‘ngra bo‘g‘ib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, gumonlanuvchi ayolning jasadini Spark avtomobilida olib kelib, Darg‘om kanali hududiga tashlagani taxmin qilinmoqda. Marhumaning yaqinlari jasad Ravotxo‘ja hududi yaqinida suvga tashlangan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

 

Biroq hodisadan buyon uch oydan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, jasad hozirgacha topilmagan. Dastlab qidiruv ishlari 27-yanvargacha davom etgan, keyinchalik esa to‘xtatilgan. 2026-yil 25-mart kuni suv vaqtincha to‘xtatilib, yana qidiruv o‘tkazilgan, ammo bu ham natija bermagan.

 

Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi3 oydan beri topilmayapti | Zamon.uz