Jahon

Tramp 48 soatdan keyin Eronga “doʻzax yogʻilishi“ni aytdi

Eron kelishuvga erishishi yoki Hormuz bo‘g‘ozi masalasini hal qilishi uchun berilgan muddat yakunlanmoqda.

Tramp 48 soatdan keyin Eronga “doʻzax yogʻilishi“ni aytdi

Donald Tramp Eron bilan muzokaralar masalasida keskin bayonot berib, agar Tehron yaqin 48 soat ichida kelishuvga erishmasa yoki Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq masalada murosaga kelmasa, jiddiy choralar ko‘rilishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan. Uning ta’kidlashicha, avvalroq Eron tomoniga kelishuvga erishish yoki Hormuz bo‘g‘ozi masalasini hal qilish uchun 10 kunlik muddat berilgan edi.

 

“Eron kelishuvga erishishi yoki Hormuz bo‘g‘ozini ochishi uchun o‘n kun berilganini eslang. Vaqt tugayapti – barcha do‘zax ochilishiga 48 soat qoldi”, — deb yozgan AQSh rahbari.

 

Avvalroq AQSh Eronning energetika infratuzilmasiga ehtimoliy zarbalarni vaqtincha to‘xtatib turishini ma’lum qilgan edi. 23-mart kuni Vashington Tehron bilan muzokaralar davom etayotganini bildirib, harbiy bosimni bir necha kunlik muddatga to‘xtatganini e’lon qilgan.

 

26-mart kuni esa Tramp bu muddatni 6-aprelgacha uzaytirganini aytib, muzokaralar davom etayotganini va ular “ijobiy ruhda” o‘tayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, AQSh rahbari ayrim OAVlarda tarqalgan salbiy xabarlarni “soxta ma’lumotlar” deb atagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron avval AQSh tomonidan taklif qilingan bir qator shartlarni rad etgan hamda ayrim masalalarda qo‘shimcha talablar qo‘ygan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp 48 soatdan keyin Eronga “doʻzax yogʻilishi“ni aytdi | Zamon.uz