O'zbekiston

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Fuqarolarga ommaviy yig‘inlardan chetda bo‘lish, firibgarlardan ehtiyot bo‘lish va shubhali vaziyatlarda huquq-tartibot organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik fuqarolarni hushyorlikni oshirish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

 

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolardan kundalik hayotda o‘zlarining sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan shubhali vaziyatlardan uzoqda bo‘lish, ommaviy yig‘inlar va namoyishlarda qatnashmaslik, shuningdek, odamlar gavjum joylarda ehtiyotkorlikni kuchaytirish so‘ralgan.

 

Shuningdek, qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan yoki og‘ir hamda favqulodda holatga duch kelgan fuqarolar zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot organlariga murojaat qilishlari kerakligi ta’kidlangan. Buning uchun Turkiyada 155 (politsiya) yoki 156 (jandarmeriya) qisqa raqamlari orqali bog‘lanish, shuningdek, Bosh konsulxonaning 24/7 ishlaydigan ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

 

Konsulxona fuqarolarga yana bir muhim huquqni ham eslatib o‘tdi. Agar o‘zbekistonlik fuqaro yoki uning yaqinlari mahalliy huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan, ozodligi cheklangan yoki ayb e’lon qilingan bo‘lsa, ular advokat himoyasini talab qilish, yaqinlariga telefon orqali xabar berish hamda Bosh konsulxona bilan bog‘lanish huquqiga ega.

 

Diplomatik vakolatxona shuningdek, pul evaziga Turkiyada yashash hujjatlarini rasmiylashtirib berishni, daromadli ish topib berishni yoki AQSH hamda Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

 

Bundan tashqari, ayniqsa ayollar va yolg‘iz fuqarolarga rasmiy ruxsatnomasi bo‘lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmaslik tavsiya etildi.

 

“Hurmatli vatandoshlar! Sizning huquq va manfaatlaringiz davlat himoyasidadir”, — deyiladi Bosh konsulxona murojaatida.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi | Zamon.uz